Bugun
9
O'zbek

«MYu» Nmecha uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
26 iyun, 01:05
Futbolchi 2023 yildan buyon «asalarilar» safida to‘p tepib keladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«MYu» Nmecha uchun kurashga qo‘shildi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Borussiya D» yarimhimoyachisi Feliks Nmechani o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashni kuchaytirdi. Bu haqida jurnalist Patrik Berger xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» germaniyalik 25 yoshli futbolchi transferi borasida «Real» va «Manchester Siti» bilan raqobatlashishga tayyor.

Klubning sport direktori Kristofer Vivell futbolchining vakillari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi.

O‘z navbatida Nmecha Dortmundni tark etishga shoshilmayapti va asosiy e’tiborini Germaniya milliy jamoasi bilan jahon chempionatidagi ishtirokiga qaratgan.

Futbolchi 2023 yildan buyon «asalarilar» safida to‘p tepib keladi. Uning amaldagi bitimi 2030 yilga qadar amal qiladi.

Bugungi yangiliklar