Bugun
9
O'zbek

Neymar "Cincinnati" klubidan norozi bo'ldi

Futbol
26 iyun, 01:26
Futbolchining "Santos" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning oxiriga qadar amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Neymar "Cincinnati" klubidan norozi bo'ldi
Фото: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar MLS vakili "Cincinnati" klubining uni transfer qilish borasidagi ishlardan norozi bo'lib qolgan. Bu haqida Globo nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Amerika klubi 34 yoshli futbolchi vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan bo'lsa-da, jarayon kutilganidek tez kechmayapti.
Shu sababli Neymar transfer masalasidagi ishlar sust borishi tufayli hafsalasi pir bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, Neymar faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. U yanada yuqori saviyada o'ynash va jahon chempionatidan so'ng o'zi uchun eng maqbul variantlardan birini tanlashni istamoqda.

Qayd etilishicha, "Cincinnati" va Neymar o'rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan. Futbolchining "Santos" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning oxiriga qadar amal qiladi.

Bugungi yangiliklar