Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar Niderlandiyaga (1:3) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Afsuski, jamoamiz bunday turnir darajasiga javob bera olmadi. Buni muhokama qilmasa ham bo'ladi. To'g'ri, ajoyib raqiblardan iborat juda kuchli guruhga tushgandik.
Futbolchilar bilan gaplashdim va ishtirok etish uchun ularga minnatdorchilik bildirdim. Bunday ruhiy holatda o'yin ko'rsatish juda qiyin", — deya mutaxassisning so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Tunis o'z guruhida birorta ochko to'play olmagan holda so'nggi o'rinni egalladi.