Bugun
9
O'zbek

«Real» Enzo Fernandes uchun ikki futbolchisini «Chelsea»ga taklif qilishga tayyor

Futbol
26 iyun, 03:50
Uning «ko'klar» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Real» Enzo Fernandes uchun ikki futbolchisini «Chelsea»ga taklif qilishga tayyor
Фото: Getty Images

«Chelsea» yarimhimoyachisi Enzo Ferandes «Real»ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres argentinalik 25 yoshli futbolchi bo'yicha kelishuvga erishish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, «qirollik» klubi Fernandes uchun bir yo'la ikki nafar futbolchisini taklif qilishga tayyor. Unga ko'ra, qanot himoyachisi Alvaro Karreras va yarimhimoyachi Eduardo Kamavinga «Chelsea»ga ko'chib o'tishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Fernandesning transfer qiymati 90 million yevroga baholanmoqda. Uning «ko'klar» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar