Bugun
9
O'zbek

Urugvay milliy jamoasi yetakchilari Biyelsadan norozi

Futbol
26 iyun, 04:41
Jamoa yetakchilari bosh murabbiy bilan uchrashib, ortiq uning ish uslubiga «chiday omasliklarini» ma’lum qilishgan.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Urugvay milliy jamoasi yetakchilari Biyelsadan norozi
Foto: Getty Images
26.06.2026, 20:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Urugvay Urugvay - : - Ispaniya Ispaniya

Bu haqda El Espectador o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Urugvay milliy jamoasi futbolchilari Federiko Valverde, Manuel Ugarte, Rodrigo Bentankur va Serxio Rochet bosh murabbiy Marselo Biyelsa bilan uchrashib, ortiq uning ish uslubiga «chidab tura olmasliklari»ni ma’lum qilishgan. Futbolchilar keragidan ortiq yuklamalar oqibatida o‘yinchilar jarohat olayotganidan norozi.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchilar shu bilan birga jahon chempionati 3-turi doirasida Ispaniyaga qarshi bahsda (27 iyun) chuqur himoyalanib, qarshi hujumlarda o‘ynashni istashlarini ma’lum qilishgan. Shundan so‘ng Biyelsa butun jamoani yig‘ib, 48 daqiqa davomida vaziyat borasida o‘z fikrlarini bildirgan. 70 yoshli mutaxassis ta’kidlaganki, u Ispaniyaga qarshi raqibning taktikasini qo‘llamoqchiligini aytgan, bu esa futbolchilarga umuman yoqmagan.

Ta’kidlanishicha, ba’zi futbolchilar yig‘ilish yakuniga yetmay, uni tark etishgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar