Bugun
9
O'zbek

FIFA Nepal futbol assotsiatsiyasini xalqaro musobaqalardan chetlatdi

Futbol
26 iyun, 04:20
Chetlatish tufayli ANFA FIFA a'zosi sifatidagi barcha huquqlaridan mahrum bo'ladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
FIFA Nepal futbol assotsiatsiyasini xalqaro musobaqalardan chetlatdi
Фото: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Nepal futbol assotsiatsiyasi (ANFA)ni xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi. Bu haqda The Himalayan Times nashri xabar berdi.

Shu tariqa, mamlakat milliy jamoasi va mahalliy jamoalari xalqaro turnirlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

Bunga Nepal Milliy sport kengashi (NSC) tomonidan assotsiatsiya nizomining qo'pol ravishda buzilgani, saylov jarayoni bo'yicha hal etilmagan nizo hamda uchinchi tomonning saylovlarga aralashuvi asosiy sabab sifatida ko'rsatilgan. Chetlatish tufayli ANFA FIFA a'zosi sifatidagi barcha huquqlaridan mahrum bo'ladi.

Tashkilot Nepal futbol assotsiatsiyasini qayta tiklash uchun ikki shartni belgilagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nepal Nepal
Bugungi yangiliklar