"Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Tottenhem" markaziy himoyachisi Luka Vushkovichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "taqachilar" xorvatiyalik 19 yoshli futbolchining transferini taxminan 70 million yevroga baholamoqda.
Asosiy da’vogar sifatida "Liverpul" ko'rsatilmoqda. Mersisaydliklar yoshi kattalashib borayotgan Virjil van Deykka o'rinbosar sifatida Vushkovichni kuzatmoqda.
O'tgan mavsumda Vushkovich "Hamburg"da ijarada o'ynagan. U barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining London klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.