Live
1
O'zbek

Braziliya Shotlandiyaga qarshi o‘yindan keyin hakamlik yuzasidan FIFAga ariza yo‘lladi

Futbol
26 iyun, 06:48
Braziliyaliklar Vinsiuis Juniorning goli bekor qilinganidan norozi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Braziliya Shotlandiyaga qarshi o‘yindan keyin hakamlik yuzasidan FIFAga ariza yo‘lladi
Foto: Getty Images
24.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shotlandiya Shotlandiya 0 : 3 Braziliya Braziliya

Braziliya futbol konfederatsiyasi jahon chempionati-2026 guruh bosqichi doirasidagi Shotlandiyaga qarshi o‘yindan (3:0) keyin FIFAga hakamlik yuzasidan shikoyat qildi.

Tashkilotdagilar bahsning 22-daqiqasida Vinisius Juniorning goli bekor qilinganidan norozi va hakamning yaqqol xatosi yo‘q holatda ham VAR masalaga aralashgani bo‘yicha izoh talab qilmoqda.

Konfederatsiya prezidenti Samir Xaud imzolagan hujjat FIFA rahbari Janni Infantinoga yo‘llangan. Shuningdek, braziliyaliklar musobaqadagi keyingi o‘yinlariga meksikalik hakam Sesar Arturo Ramosni tayinlamaslikni talab qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar