Live
1
O'zbek

Pedri Messining JCH-2026dagi o‘yini haqida: «U o‘z yoshida bunday ishlarni qila oladigan yagona inson»

Futbol
26 iyun, 08:02
Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi argentinalik futbolchi o‘yinidan hayratini yashirib o‘tirmadi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Pedri Messining JCH-2026dagi o‘yini haqida: «U o‘z yoshida bunday ishlarni qila oladigan yagona inson»
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Pedri argentinalik hujumchi Lionel Messi o‘yinidan hayratini yashirib o‘tirgani yo‘q.

«Men Messi bilan o‘ynash va mashq qilish baxtiga muyassar bo‘lganman va bu men uchun juda katta baxt. Undan ko‘p narsani o‘rgandim va endi uning o‘yinini kuzatish yanada yoqimliroq. U boshqalarga qaraganda mahoratliroq va futbolni boshqalardan biroz avvalroq ko‘radi. Gol urish uchun qayerda bo‘lish kerakligini doim biladi. Menimcha, u o‘z yoshida bunday ishlarni qila oladigan yagona inson», — deya ta’kidladi Pedri Marca nashriga.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati-2026 2 o‘yinida Messi 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va mundiallardagi gollari sonini 18 taga yetkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar