Bu haqda ZoneFRMF xabar berdi.
Niderlandiya milliy jamoasi sobiq forvardi Robin van Persining o‘g‘li Shakil van Persi Marokash milliy jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi.
19 yoshli «Feyenoord» hujumchisi Niderlandiya o‘smirlar jamoasi safida o‘yin o‘tkazib ulgurgan va endilikda milliy jamoa darajasida boshqa mamlakat libosida maydonga tushmoqchi. Shakil bu haqda o‘zining yaqinlariga ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Robin van Persi o‘g‘lining qarorlariga ta’sir o‘tkazmasligi va unga to‘liq erkinlik yaratib berishi haqida gapirgandi.
Ma’lumot uchun, Shakilning onasi Buxraning kelib chiqish Marokashga borib taqaladi.