Bugun
9
O'zbek

Fransiya milliy jamoasi murabbiyi: «Qanday qilib kimdir Mbappeni tanqid qilishi mumkin?»

Futbol
26 iyun, 09:06
Bosh murabbiy yordamchisi fransiyalik hujumchining ham sportdagi, ham insoniylik jihatlariga yuqori baho berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Fransiya milliy jamoasi murabbiyi: «Qanday qilib kimdir Mbappeni tanqid qilishi mumkin?»
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didiye Deshamning yordamchisi Gi Stefan hujumchi Kilian Mbappening futbolchi sifatida ham, insoniylik jihatlarini ham yuqori baholab, uning manziliga bo‘layotgan tanqidlarni tushunmasligini ta’kidladi.

«U ajoyib futbolchi, ajoyib inson. Men bir narsani tushuna olmayman: qanday qilib kimdir uni tanqid qilishi mumkin? Uni 2017-yildan buyon kuzatib kelaman. Va u hech qachon hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi. Shunday murabbiylar bor, Peleni shug‘ullantirganini ta’kidlab, faxrlanib yuradi. Men esa Mbappeni shug‘ullantirganman, deya olaman.

Kilian jamoa o‘yinini kuchaytirish imkonini beradigan har bir detalga talabchan. U ajoyib yetakchi va hurmatga loyiq sardor», — deya Gi Stefan so‘zlarini keltiradi Le Parisien.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar