Live
1
O'zbek

Qatar JCHda muxlislarni pulga sotib olgan

Futbol
26 iyun, 10:05
Mamlakat futbol assotsiatsiyasi «o‘z muxlislariga» pul to‘lagan.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Qatar JCHda muxlislarni pulga sotib olgan
Foto: Getty Images

Bu haqda The Telegraph onlayn nashri xabar berdi.

Qatar futbol assotsiatsiyasi muxlislariga jahon chempionati-2026 o‘yinlarini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurishi uchun pul to‘lagan.

Ma’lumot uchun, Qatar milliy jamoasi B guruhida Kanada, Shveysariya va Bosniya va Hersegovina jamoalari bilan raqobatda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Mingga yaqin Qatar fuqarosi parvoz, stadion yaqinindagi mehmonxonada istiqomat qilish va o‘yin chiptalarini o‘z ichiga olgan xizmatlar to‘plamini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, o‘yinlardan oldin muxlislarga milliy jamoa ranglaridagi maxsus futbolkalar, kepkalar va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklardan iborat «muxlislar to‘plami» berilgan.

Shuningdek, asli AQSH va Meksika fuqarolari bo‘lgan bir guruh «muxlislar» ham guruh bahslari vaqtida Qatar milliy jamoasini qo‘llab-quvvatlagan. Bevosita suhbatda ulardan ba’zilari hatto ilk bor futbol o‘yinlarini stadiondan tomosha qilayotganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulga qadar davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qatar Qatar
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar