Live
1
O'zbek

«Chelsi» Ensoning o‘rniga 6 nafar futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
26 iyun, 07:43
Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Chelsi» Ensoning o‘rniga 6 nafar futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» yarimhimoyachi Enso Fernandesning ehtimoliy transferi sabab unga o‘rinbosar izlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishga yaqinligi aytilmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Kristal Pelas»dan Adam Uorton hali ham «aristokratlar»ning diqqat markazida bo‘lib turibdi va klub uning vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.

Shuningdek, «Chelsi» yarimhimoyachilar Manu Kone («Roma»), Lamin Kamara («Monako»), Viktor Froxoldt («Portu») va Kaleb Yirenki («Norshellann»)ni diqqat bilan kuzatmoqda.

London klubi tarkibni tajribali o‘yinchilar hisobiga kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu bois 30 yoshli «Pari Sen-Jermen» yarimhimoyachisi Fabian Ruis ham jamoa ichida muhokama qilinayotgan nomzodlar qatoriga kiritilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar