Bu haqda Globo nashri xabar berdi.
«Arsenal» «Nyukasl»ga yarimhimoyachi Bruno Gimaraes transferi uchun £ 55 mln (64 mln yevro) taklif qilgan, ammo «hakkalar» taklifni qabul qilmagan.
Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi 28 yoshli futbolchi bo‘yicha yangi taklif yuboradi. Ta’kidlanishicha, futbolchining transfer narxi mundialdagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab yanada ko‘tarilgan. Bruno JCHning 3 o‘yinida 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.
O‘tgan mavsum, Gimaraes 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali Gimaraesning aktual transfer narxini 70 mln yevroga baholamoqda.