«Tottenhem» klubi «Nyukasl» yarimhimoyachisi Sandro Tonali bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Daily Mail nashri xabar berishicha, «taqachilar» italiyalik 26 yoshli futbolchi bo‘yicha 87 million yevrolik taklifni yuborgan. Biroq «qarg‘alar» ushbu ikkinchi taklifni ham rad etgan.
Qayd etilishicha, «Nyukasl» Tonalining transferidan kamida 116 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Biroq klubning moliyaviy talablari sabab ko‘p jamoalar ushbu transferni amalga oshira olmasligini ma'lum qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tonali «Nyukasl» safida shu kunga qadar 110 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgani va 10 ta assistni qayd etgani ma'lum.