«Bavariya» «Ayntraxt» klubi va Germaniya milliy jamoasi futbolchisi Nataniel Braunni o'z safiga qo'shib olish arafasida.
Jurnalist Florian Plettenberg xabar qilishicha, klublar 23 yoshli futbolchining transferi bo'yicha 55 million yevro evaziga kelishuvga erishgan.
Shuningdek, tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib olgan. Chap qanot himoyachisi 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
O'tgan mavsumda Braun Bundesligada 33 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgani va yana 4 ta golli uzatma amalga oshirgani ma'lum. 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida esa u ikki bahsda 1 ta gol urdi va yana 1 ta golga assistentlik qildi.
«Bavariya» Germaniya milliy jamoasi himoyachisi transferini hal qildi
Futbol
26 iyun, 05:25
Mundialda o'zini ko'satayotgan Braun Bundesliga chempioniga o'tmoqda.
Foto: Getty Images