Bugun
9
O'zbek

Anderson — "Manchester Siti" futbolchisi (Romano)

Futbol
26 iyun, 05:00
Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi "shaharliklar"ga deyarli 130 mln funtga tushmoqda.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Anderson — "Manchester Siti" futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

"Manchester Siti" "Nottinghem Forest" yarimhimoyachisi Elliot Anderson transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Avvalroq "o'rmonchilar" futbolchini "shaharliklar"ga 106+16 million funt evaziga sotishdan bosh tortgani va bonuslardan tashqari 125 million funt talab qilayotgani xabar qilingandi. The Athletic nashri yozishicha, "Manchester Siti" o'z taklifini yaxshilagan.

Insayder Fabritsio Romano ma'lum qilishicha, klublar transfer bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. 25 iyun kuni Anderson "Nottinghem Forest" rahbariyatidan uni "Siti"ga qo'yib yuborishni so'ragan. Ayni paytda Angliya milliy jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etayotgan 23 yoshli yarimhimoyachi AQShda tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Romanoning ta'kidlashicha, bonuslarni ham hisobga olganda, "Manchester Siti" ushbu transfer uchun 130 million funt sterlingga yaqin mablag' to'lashi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Nottingem F Nottingem F
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar