Live
1
O'zbek

«Barselona» «Nyukasl»ga Gordon transferi uchun yana 10 mln yevro to‘lashi mumkin

Futbol
26 iyun, 09:35
Inglizlar Gordonning Kataloniya klubidagi har bir mavsumi uchun qo‘shimcha 1 million yevrodan ishlab oladi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Barselona» «Nyukasl»ga Gordon transferi uchun yana 10 mln yevro to‘lashi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda mashhur Mirror nashri xabar berdi.

«Barselona» Entoni Gordonning «Nyukasl»dan transferini tezlashtirish uchun 2 ta bandga rozilik bildirgan. Natijada ispanlar APL vakiliga 70 million yevrodan tashqari, qo‘shimcha yana 10 mln yevro to‘lab berishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, «Barselona» safida Gordon bilan yutgan sovrinlariga qarab, «Nyukasl» yana 5 mln yevro ishlab olishi mumkin. Qolgan 5 million esa futbolchining samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Bundan tashqari, «Nyukasl» Gordonnning Kataloniya klubidagi har bir mavsumi uchun qo‘shimcha 1 mln yevrodan foyda ko‘radi (o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan). Buning uchun Entoni mavsum davomida o‘yinlarning kamida 60%da ishtirok etishi talab etiladi.k

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar