Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksandr Kerjakov O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2026 pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlari borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun, 3-turda O‘zbekiston 3-o‘rin uchun asosiy raqobatchisi Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.
«O‘zbekistonning jahon chempionatida guruhdan chiqish imkoniyatlari juda ham kam. Sababi Kongo DR milliy jamoasini o‘ta yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratish talab etiladi. Qandaydir mo‘jiza yuz beradi va O‘zbekiston milliy jamoasi pley-offga chiqadi, deb o‘ylamayman. Bu jamoa haqida xuddi Kyurasao milliy jamoasi kabi gapirish mumkin. Jahon chempionatiga chiqishning o‘zi — bu O‘zbekiston futboli uchun katta yutuq. Kelajakda ular bu muvaffaqiyatni yanada rivojlantiradilar, degan umiddaman», — dedi Kerjakov jurnalist Nikolay Baranov bilan suhbatda.