Live
1
O'zbek

RMC Sport jurnalisti: «Noyer Germaniya milliy jamoasida faqat nomi uchun o‘ynamoqda»

Futbol
26 iyun, 12:02
Jurnalist Volid Ashershur germaniyalik darvozabonni tanqid qildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
RMC Sport jurnalisti: «Noyer Germaniya milliy jamoasida faqat nomi uchun o‘ynamoqda»
Foto: Getty Images

RMC Sport jurnalisti Volid Ashershur jahon chempionati-2026 guruh bosqichining 3-turida Ekvadorga qarshi (2:1) o‘yindan so‘ng Germaniya milliy jamoasining 40 yoshli darvozaboni Manuel Noyerni tanqid qildi.

«U Germaniya milliy jamoasi boshlang‘ich tarkibida maydonga tushishga loyiq emas. U faqat nomi uchun o‘ynamoqda. Men uchun u chinakam falokat edi.

Baumann saralash o‘yinlarida boshlang‘ich tarkibda o‘ynashga loyiq ekanligini ko‘rsatdi, musobaqa oldidan o‘tkazilgan o‘yinlarda aynan u o‘ynadi. Men Baumanning mundialda boshlang‘ich tarkibda emasligini tushunolmayman va ayniqsa, uchinchi o‘yinda, zaxiradagi o‘yinchilarni maydonga tushirish mumkin bo‘lgan o‘yinda.

Manuel Noyer bu ikki gol bilan jamoani mag‘lubiyatga duchor qildi. Ikkinchi gol epizodi bu uning katta xatosi bo‘lib, o‘yin yakunlanish dinamikasini to‘liq o‘zgartirdi», — dedi Ashershur.

Bugungi yangiliklar