Live
2
O'zbek

«Yuventus» Kolo-Muani bilan kelishuvga erishdi – manba

Futbol
26 iyun, 13:01
U Turin klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Yuventus» Kolo-Muani bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muani to'laqoni «Yuventus»ga o'tadi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «zebralar» fransiyalik 27 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasini kelishib olgan.

Qayd etilishicha, forvard Turin klubida yiliga besh million yevro maosh va qo'shimcha bonusga ega bo'ladi. U klub bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Klublar hozircha muzokaralarni davom ettirmoqda. Parijliklik hamon 40 million yevro talab qilishda davom etmoqda, turinliklar esa faqat 35 million taklif qilmoqda. Shunga qaramay, «Yuventus» optimizmni saqlab qolmoqda.

O'tgan mavsumda Kolo-Muani ijara asosida «Tottenhem»da to'p tepib, 41 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi hamda 4 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar