Live
2
O'zbek

"Manchester Yunayted" Baleba transferidan voz kechmagan

Futbol
26 iyun, 13:24
Uning klub bilan amaldagi bitimi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Manchester Yunayted" Baleba transferidan voz kechmagan
Фото: Getty Images

"Brayton" yarimhimoyachisi Carlos Baleba faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "TEAMtalk" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Manuel Ugarte yozda mankunianliklarni tark etsa, klub bor e'tiborini kamerunlik 22 yoshli xavbekka qaratadi.

Biroq "chaykalar" Balebaning transferidan kamida 93 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bu esa "qizil iblislar"ga ma'qul kelmayapti.

O'tgan mavsumda Baleba barcha turnirlarni inobatga olgan holda 35 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Brayton Brayton
Bugungi yangiliklar