"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush "Tottenhem" klubiga ko'chib o'lishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, misrlik forvard ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "shaharliklar"ni tark etmoqchi.
Futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgan "taqachilar" esa Marmushni sotib olish istagini bildirmoqda. Klub bosh murabbiyi Roberto De Zerbi ham uning transferiga qarshilik qilmagan.
O'tgan mavsumda Omar barcha turnirlar doirasida 36 ta o'yinda maydonga tushdi, sakkiz bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.