Live
2
O'zbek

«Liverpul» Barkoliyani kuzatmoqda

Futbol
26 iyun, 13:05
Parij klubi Bredlining transferidan kamida 90 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Liverpul» Barkoliyani kuzatmoqda
Фото: Getty Images

«PSJ» vingeri Bredli Barkoliya faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi fransiyalik 23 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda. Mersisaydliklar Kodi Gakpoga o'rinbosar sifatida Barkoliya bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Qayd etilishicha, Parij klubi Bredlining transferidan kamida 90 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushdi, 13 ta gol urdi va ettita golli uzatma muallifiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar