Turkiyada oʻquv-mashgʻulot yigʻini olib borayotgan "Navbahor"ning oʻrtoqlik bahslaridagi raqiblari ma'lum boʻldi.
Klub matbuot xizmati yozishicha, Temur Kapadze shogirdlari ertaga, 27 iyun kuni Ozarbayjonning "Zira", 2 iyul kuni esa Turkiyaning "Bashakshehir" (Istanbul) jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.
Ma'lumot uchun, "Zira" 3 karra Ozarbayjon vitse-chempioni sanaladi, shu jumladan, oʻtgan mavsumda ham kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oʻzbekistonlik futbolchilar Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov toʻp tepadi, "Bashakshehir" esa bir bor Turkiya chempionligi (2020 yil), ikki marta vitse-chempionligini qoʻlga kiritgan.
"Navbahor" Turkiyada "Bashakshehir" va Ozarboyjon vitse-chempioniga qarshi oʻynaydi
Futbol
26 iyun, 12:40
Namangan klubi yozgi yigʻin doirasida ikkita oʻrtoqlik bahsida maydonga tushadi.
Foto: FC Navbahor