Live
2
O'zbek

"Komo" Niko Pasni "Real"dan 60 mln yevroga sotib oldi — manba

Futbol
26 iyun, 12:20
Madrid klubi kelishuvga futbolchini qayta sotib olish borasidagi bandni yana kiritdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Komo" Niko Pasni "Real"dan 60 mln yevroga sotib oldi — manba
Foto: Getty Images

Niko Pas "Komo"da qoladi.

Avvalroq "Real" yarimhimoyachini Italiya klubidan 9 million yevroga qayta sotib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi. O'z navbatida, Fabregas jamoasida dushanbagacha futbolchini 60 million yevroga qayta sotib olish imkoniyati mavjud edi, ammo klub bu huquqdan foydalanmasligi aytilgan edi.

Keyinchalik esa 21 yoshli yarimhimoyachini "Inter" ham o'z safiga qo'shib olish ustida ish olib borayotgani ma'lum bo'ldi.

Biroq insayder Fabritsio Romanoning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, yakunda "Komo" va "Real" Pasning to'liq transferi bo'yicha kelishuvga erishgan.

Tomonlar argentinalik futbolchining transferi bo'yicha kelishib oldi, chunki futbolchining o'zi ham "Komo"da qolishni istagan. Jurnalist Janluka Di Marsio tasdiqlashicha, transfer qiymati 60 million yevroga teng bo'ladi.

Shu bilan birga, "Real" futbolchini kelajakda qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi. Di Marsio yozishicha, kelasi yozda madridliklar uni 80 million yevroga qayta sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Real Madrid Real Madrid
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar