JCH-2026ni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh rahbari Endryu Juliani AQSH 2038 yilgi jahon chempionatini ham o‘tkazish uchun ariza topshirishi mumkinligini bildirdi.
«Avvalambor, biz bu jahon chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazib olishimiz zarur, shundan keyin JCH-2038 uchun ariza haqida o‘ylashimiz mumkin bo‘ladi.
Men bu g‘oyani prezident Tramp va hukumat a’zolari bilan muhokama qilib ulgurdim.
Bizda allaqachon tayyor stadionlar bor, shuning uchun kengaytirilgan musobaqani o‘tkazish AQSHga bir necha milliard dollarga tushadi. Boshqa mamlakatlar esa o‘nlab milliardlarni sarflashiga to‘g‘ri keladi. Agar kelajakda jahon chempionati 64 jamoagacha kengaytirilsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari bunday turnirni o‘tkaza oladi», - dedi Juliani.