O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCh-2026 3-turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Kongo ham juda ajoyib jamoa, tajribaga ega, jismoniy tomondan yaxshi shakllangan. Biroq biz ularni yutish uchun harakat qilamiz. Ertaga o‘yin boshqacha bo‘ladi, chunki biz ikkita eng yuqori darajadagi raqiblar bilan o‘ynab bo‘ldik. Oxirgi bahs oson kechmadi, uni tahlil qildik.
Darvozabon almashtirilgani? Birinchi bahsda O‘tkir Yusupov yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz shunchaki boshqa posbonimizga ham imkoniyat berishni xohladik. Bizda yuqori darajadagi 3 darvozabonimiz bor.
Men barchaga imkoniyat berishga harakat qilyapman, chunki bu juda ham muhim tajriba hisoblanadi.
Biz Jahon chempionatida juda ko‘p narsani o‘rganyapmiz. Bu turnirda jamoa sifatida o‘sishimiz mumkin. Chunki yuqori darajadagi raqiblarga qarshi o‘ynab keldik. Ertangi bahs ham rivojlanishimizga xizmat qiladi.
Bosim? Men ilk kunlardanoq futbolchilarga nisbatan bosimni yo‘qotishga harakat qilganman. Qur’adan keyin ham bosimsiz o‘ynash kerakligini aytdim.
Ertaga avvalgi bahslarga nisbatan erkinroq o‘yin bo‘ladi. Chunki avvalgi ikki turda biz juda kuchli raqiblar bilan o‘ynadik. Shu sababli bo‘lajak o‘yin biz uchun boshqacha bo‘ladi.
Men murabbiy sifatida o‘yin sifatini oshirishga, futbolchilarga yordam berishga harakat qilaman. Ertaga qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz», — dedi italiyalik mutaxassis.
O‘zbekiston — Kongo DR bahsi Toshkent vaqti bilan 28 iyun kuni soat 04:30da boshlanadi. Afrikaliklarda 1 ochko bor, Kannavaro jamoasida esa ochko yo‘q.
«Kongoni yutishga harakat qilamiz» — Kannavaro guruhdagi so‘nggi o‘yin, darvozabonni almashtirgani va JCh tajribasi haqida
Futbol
26 iyun, 16:05
O‘zbekiston bosh murabbiyi Jahon chempionati 3-turi o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: UFA
27.06.2026, 19:30
Jahon chempionati (JCH-2026)
Kongo Demokratik Respublikasi
-
:
-
O‘zbekiston