Live
2
O'zbek

«Uimbldon-2026»: O‘zbekistonlik 3 nafar tennischi asosiy davrada ishtirok etadi

Tennis
26 iyun, 17:25
Timofeyeva va Kudermetova saralashda irodali g‘alabaga erishdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Uimbldon-2026»: O‘zbekistonlik 3 nafar tennischi asosiy davrada ishtirok etadi
Foto: Getty Images

Londonda o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha «Uimbldon» «Katta dubulğa» turnirining saralash bahslari yakuniga yetdi.

Saralashning so‘nggi bosqichida kortga chiqqan o‘zbekistonlik ikki tennischi irodali g‘alabaga erishib, asosiy davraga yo‘l olishdi.

Maria Timofeyeva – Hether Uotson (Buyuk Britaniya) 3:6, 6:2, 6:1
Polina Kudermetova – Alina Charayeva (Neytral sportchi) 4:6, 6:4, 6:1


Shu tariqa, 29 iyun start oladigan turnirning asosiy davrasida Kamilla Rahimova, Polina Kudermetova hamda Maria Timofeyeva O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi.

Kamilla Rahimova – Angelina Kalinina (Ukraina);
Polina Kudermetova – Lyudmila Samsonova (Neytral sportchi);
Maria Timofeyeva – Beatriz Maya (Braziliya).

Timofeyeva, Kudermetova ba Rahimova
Foto: Olympic uz
Bugungi yangiliklar