Live
1
O'zbek

Mourino: «Menga eng yaxshi futbolchilar kerak»

Futbol
27 iyun, 12:51
«Real» bosh murabbiyi jamoada yetakchilarni sotish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mourino: «Menga eng yaxshi futbolchilar kerak»
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa futbolchilarining ehtimoliy ketishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Madridning «Real» klubi haqida ko'p gapirishni xohlamayman, ammo bir narsani aytaman. Ayrim maqolalarda Joze Mourino kelib, o'tgan mavsum muammolari sabab bir nechta yetakchi futbolchilarni sotmoqchi ekani yozildi.

Yo'q. Menga aynan shu futbolchilar kerak. Menga eng yaxshi futbolchilar kerak. Endi mening vazifam — kuchli jamoa tuzish va avvalgi mavsumlarda yuzaga kelgan muammolar takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik.

Agar muammolar oddiy futbolchilar bilan bo'lsa, bu jiddiy muammo. Ammo top futbolchilar — baribir top futbolchilardir», — dedi Mourino The Beast Mode podkastida.

Portugalialik mutaxassis futbolchilarga qo'yadigan asosiy talablar haqida ham gapirdi.

«Futbolchida barcha sifatlar bo'lishi kerak. Ba'zida uning texnikasi zo'r, ammo jismoniy tomondan kuchsiz deyishadi. Demak, u yetarlicha yaxshi emas.

Yoki mahorati yuqori, ammo barqaror emas, goh yaxshi, goh yomon o'ynaydi" deyishadi. Unday futbolchini ham buyuk futbolchi deb bo'lmaydi», — deya qo'shimcha qildi u.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar