"Al Ahli"ning sobiq yarimhimoyachisi Frank Kessie "Yuve" qiziqishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
"Yuve"? Ha, bu xabarlarni ko'rdim. Hozir butun e'tiborim jahon chempionatiga qaratilgan. Lekin bir narsani ayta olaman: men ular uchun juda yaxshi transfer bo'lardim.
Hozir yaxshi sport formasidaman va eng muhimi — erkin agent sifatida mavjudman. Bundan ortiq nimani xohlash mumkin? Shuning uchun ham menga ko'plab klublar qiziqmoqda va bu bejiz emas. Agentim ishlayapti, qo'ng'iroqlar juda ko'p", — dedi Kessie La Gazzetta dello Sport nashriga.
Eslatib o'tamiz, Frank 2023 yildan buyon "Al Ahli" sharafini himoya qilib kelgan.