Live
2
O'zbek

Lorenzo: "Portugaliyaga qarshi o'z uslubimizdan voz kechmaymiz"

Futbol
27 iyun, 16:19
Kolumbiya ustoz bo'lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Lorenzo: "Portugaliyaga qarshi o'z uslubimizdan voz kechmaymiz"
Фото: Getty Images
27.06.2026, 19:30 Jahon chempionati (JCH-2026) Kolumbiya Kolumbiya - : - Portugaliya Portugaliya

Kolumbiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenzo Portugaliyaga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Portugaliyaning kuchli jamoa va ajoyib murabbiyga ega ekanini yaxshi bilamiz. Shuning uchun tasodifga umid qilib bo'lmaydi. Ular bir-birini yaxshi tushunadigan shakllangan jamoa va biz katta o'yin kutayotganimizga ishonaman.

Raqibning xususiyatlaridan qat'i nazar, o'z uslubimiz va o'yin falsafamizga sodiq qolishni rejalashtirganmiz. Portugaliya o'rta blokda himoyalanadi, to'pga egalik qilishni yaxshi ko'radi va hujumlarni samarali yakunlash uchun to'pni oldinga olib chiqishni biladi. Ular juda yaxshi tashkil etilgan jamoa, kuchli murabbiylar shtabiga ega va tarkibida faqat elita darajasidagi futbolchilar jamlangan", — dedi Lorenzo FIFA rasmiy saytiga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Portugaliya Portugaliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar