Argentinalik mutaxassis Marselo Galyardo Urugvay milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodga aylandi. Bu haqda PasesUruguay sahifasi X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, jahon chempionati–2026dan erta chiqib ketganidan so'ng Urugvay bosh murabbiyi Marselo Bielsa o'z lavozimini tark etishi kutilmoqda. Uning o'rniga esa eng ehtimoliy nomzod sifatida aynan Galyardo ko'rilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Urugvay milliy jamoasi mundial guruh bosqichida uchta o'yindan so'ng 2 ochko jamg'arib, H guruhida uchinchi o'rinni egalladi va musobaqani tark etdi.