Ispaniya milliy jamoasi jahoni chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasidagi Urugvay milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).
Shu tariqa ispanlar rasmiy o‘yinlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 34 ta o‘yinga yetkazdi va bu boradagi jahon rekordini yangiladi.
Ta’kidlash lozim, avvalgi rekord Braziliya milliy jamoasiga tegishli bo‘lib, Lotin Amerikasi vakillari 1993 va 1998-yillar oralig‘ida qatorasiga 33 bahsda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi so‘nggi bor 2023-yil 28-mart sanasida Yevro-2024 saralashida Shotlandiyaga imkoniyatni boy bergan.