«Liverpul» klubi va Angliya milliy jamoasi sobiq a’zosi Jeymi Karrager mundialda uning ishonchini oqlay olmagan, hafsalasini pir qilgan jamoa haqida gapirdi.
- Ispaniya meni hafsalamni pir qildi. Ular yaqqol favorit sifatida ko‘rilgandi, ammo men uchun ular ortiq jahon chempionati favoriti emas, - deya Karrager so‘zlaridan iqtibos keltirdi Ispaniyaning AS nashri.
O‘z navbatida, Karrager shuni qo‘shimcha qildiki, ispanlarni g‘oliblik uchun nomzodlar qatoridan chiqarib yuborish to‘g‘ri bo‘lmaydi, lekin jamoa jahon chempionligi uchun kurashda yetarlicha yorqin o‘yin namoyish qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, ispanlar mundial guruh bosqichida 2 ta g‘alaba va 1 durang qayd etib, birinchi o‘rindan 1/16 finalga yo‘l olishdi.