Live
8
O'zbek

Nursulton Ro'ziboyev rossiyalik raqibini birinchi raundda mag'lub etdi

MMA
27 iyun, 11:35
Bu orqali Ro'ziboyev faoliyatidagi 37-g'alabasiga erishdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Nursulton Ro'ziboyev rossiyalik raqibini birinchi raundda mag'lub etdi
Фото: Getty Images

Ozarbayjonning Boku shahrida UFC Fight Night 280 turniri davom etmoqda. Unda o'zbekistonlik jangchi Nursulton Ro'ziboyev rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga ko'tarildi.

3 raundlik o'rta vazn toifasidagi bellashuvda Nursulton raqibini ilk raunddayoq sabmishen orqali taslim etdi.

Bu orqali Ro'ziboyev faoliyatidagi 37-g'alabasini nishonlagan bo'lsa, Andrey Pulyaev 5-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Ma'lumot uchun, ushbu turnirning markaziy janglarida Rafael Fiziev (Ozarbayjon) meksikalik Manuel Torresga qarshi bellashadi. Shuningdek, rossiyalik Sharabutdin Magomedov braziliyalik Mishel Pereyraga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Bugungi yangiliklar