"Marsel" moliyaviy holatini yaxshilash yo'lida bir qator yetakchi o'yinchilarini sotib yuborishga tayyor.
Get French Football News xabar berishicha, klub UEFAning moliyaviy reglamenti talablariga mos kelishi uchun yozgi transfer oynasida bir qator futbolchilarini sotishga majbur. Biroq klub rahbariyati qaysi o'yinchilarni saqlab qolishni istayotganini ma'lum qildi.
Unga ko'ra, hujumchi Igor Paisyão bilan osonlikcha xayrlashish niyatida emas. Klub uni faqat juda yuqori mablag' evaziga sotishga tayyor va shu orqali ehtimoliy xaridorlarning qiziqishini susaytirishni maqsad qilgan.
Shuningdek, himoyachi Facundo Medina, yarimhimoyachi Timoti Wea va hujumchi Amin Guirini ham jamoaning eng muhim futbolchilari sifatida baholamoqda.