Bugun
28
O'zbek

Tarxanov: «O‘zbekiston milliy jamoasiga e'tiroz bildirish mumkin emas»

Futbol
27 iyun, 14:45
Rossiyalik mutaxassis mundialdagi ilk ishtirokni ijobiy baholadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Tarxanov: «O‘zbekiston milliy jamoasiga e'tiroz bildirish mumkin emas»
Foto: Getty Images
27.06.2026, 19:30 Jahon chempionati (JCH-2026) Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Rossiyalik murabbiy Aleksandr Tarxanov O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Ularga e'tiroz bildirish mumkin emas. O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l oldi. Mundialda ishtirok etishning o‘zi katta yutuq. Jamoa muhim tajriba orttirdi va keyingi Jahon chempionatiga yanada yaxshiroq tayyor bo‘ladi.

Ammo bu safar pley-offga chiqishlari qiyin. Ular juda ko‘p gol o‘tkazib yuborishdi», — dedi Tarxanov «Match TV» telekanaliga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvda Kolumbiyaga 1:3 va Portugaliyaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fabio Kannavaro shogirdlari so‘nggi turda Kongo DRga qarshi maydonga tushadi. Oq bo'rilar pley-off uchun nazariy imkoniyatlarini saqlab qolgan bo‘lsa-da, to‘plar nisbatidagi salbiy farq vazifani ancha murakkablashtirib yuborgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar