O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo DRga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘z kutilmalarini aytdi.
«Kongo DR kuchli jamoa. Ularning tarkibida tajribali va jismonan juda baquvvat futbolchilar bor. Shunga qaramay, bu bahs biz uchun imkoniyatlar nuqtayi nazaridan eng qulay uchrashuv.
Guruh bosqichiga qur’a tashlanganida Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lishini bilardim. Endi esa biz uchun nisbatan qulayroq raqibga qarshi maydonga tushamiz», — dedi Kannavaro FIFA rasmiy saytiga.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi dastlabki ikki turda Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga esa 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Kongo DR va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv 28 iyun kuni AQSHning Atlanta shahridagi «Mercedes-Benz Stadium»da bo‘lib o‘tadi.