Bugun
28
O'zbek

"Chelsi" Garnachoni sotish niyatida emas — manba

Futbol
27 iyun, 14:30
Futbolchining "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Chelsi" Garnachoni sotish niyatida emas — manba
Фото: Getty Images

"Chelsi" klubi Alejandro Garnacho bilan yozda xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Ben Jaykobs ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati argentinalik 21 yoshli vingerning birinchi mavsumi omadsiz kechganiga qaramay, uning salohiyatiga ishonishda davom etmoqda.

Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar amal qiladi.

U o'tgan mavsumda londonliklar safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Gollarining oltitasi Angliya kubogi va Liga kubogi bahslariga to'g'ri keldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar