Live
2
O'zbek

"PSJ" Barkolya borasida bir qarorga keldi — manba

Futbol
27 iyun, 16:31
Fransiyalik vingerning bozor qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"PSJ" Barkolya borasida bir qarorga keldi — manba
Фото: Getty Images

"PSJ" klubi vingeri Bredli Barkolya yozgi transfer oynasida jamoani tark etmaydi. Bu haqda La Source Parisienne xabar berdi.

Manbaga ko'ra, parijliklar rahbariyati 23 yoshli futbolchini klubning uzoq muddatli loyihasining muhim qismi deb hisoblamoqda. Klub futbolchi borasida takliflarni ko'rib chiqmaydi.

Barkola o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik vingerning bozor qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.

Avvalroq Barkolyaga "Liverpul" klubi qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar