Live
1
O'zbek

«PSJ» hujumchisini 40 mln yevroga sotishga tayyor

Futbol
21 iyun, 16:10
Gonsalu Ramush yozda Parij klubini tark etishi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«PSJ» hujumchisini 40 mln yevroga sotishga tayyor
Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi agenti bilan birgalikda transfer bozoridagi turli variantlarni o‘rganmoqda. Shu bilan birga, Ramush klubini o‘zgartirish istagida bo‘lsa-da, ketish jarayonini tezlashtirishni rejalashtirmayapti.

Qayd etilishicha, hujumchi o‘ziga mos va istiqbolli loyiha taklif qiladigan klubdan taklif kutmoqda. «PSJ» esa futbolchini taxminan 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Gonsalu Ramush 2023 yildan buyon Parij klubi safida o‘ynamoqda va jamoa bilan bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Ma'lumot uchun, portugaliyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 45 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar