Taniqli insayder Fabritsio Romano «PSJ»ning «Vest Hem» futbolchilari Mateush Fernandesh va Krisensio Sammervillga qiziqishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya chempioni hozircha ushbu futbolchilar transferi bo‘yicha hech qanday muzokara olib bormayapti.
Romano ta’kidlashicha, parijliklar faqatgina Fernandesh, Sammervill va boshqa ko‘plab futbolchilar haqida ma’lumot to‘plagan. Bu klubning odatiy skautlik faoliyatining bir qismi hisoblanadi.
Ayni paytda «PSJ» va «Vest Hem» o‘rtasida rasmiy muzokaralar mavjud emas va parijliklar tomonidan transfer bo‘yicha faol harakatlar amalga oshirilmayapti.
21 yoshli Mateush Fernandesh o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
24 yoshli Krisensio Sammervill esa 34 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urgan va 5 ta assist qayd etgan.