«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi himoyachi Destini Udojining kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 23 yoshli italiyalik futbolchi yozgi transfer oynasida London klubini tark etmaydi.
Manbaga ko‘ra, De Zerbi Udojini «Tottenhem»ning uzoq muddatli loyihasidagi muhim futbolchilardan biri deb hisoblamoqda. Shu sababli uning yozda jamoadan ketish ehtimoli yo‘q.
O‘tgan mavsum Udoji barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Himoyachining «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.