Live
6
O'zbek

«Chelsi» Jaka uchun 30 million yevro taklif qildi

Futbol
27 iyun, 12:04
Xabi Alonso sobiq shogirdini London klubiga olib kelmoqchi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Chelsi» Jaka uchun 30 million yevro taklif qildi
Foto: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi «Sanderlend» yarimhimoyachisi Granit Jakani o‘z safiga qo‘shib olish uchun ilk rasmiy taklifini yubordi.

Jurnalist Luka Cherchionening xabariga ko‘ra, «ko‘klar» 33 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro taklif qilgan.

Manbaga ko‘ra, ushbu transferni amalga oshirishni «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsan so‘ragan. Ispaniyalik mutaxassis avvalroq Jakani Leverkuzenning «Bayer» klubida ham boshqargan.

2025/26 yilgi mavsumda Granit Jaka «Sanderlend» safida Angliya Premyer-ligasining 34 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta assist muallifi bo‘ldi.

Shveysariyalik futbolchining «Sanderlend» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Sanderlend Sanderlend
Bugungi yangiliklar