Live
2
O'zbek

«Real» Vinisiusga yangi shartnoma bo‘yicha taklifini yaxshiladi

Futbol
27 iyun, 16:05
Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Real» Vinisiusga yangi shartnoma bo‘yicha taklifini yaxshiladi
Фото: Getty Images

«Real» klubi vinger Vinisius Junior bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Marca nashri xabar berishicha, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres futbolchiga yangi shartnoma doirasida yillik 25 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Avvalgi taklif miqdori 20 million yevro bo‘lgani aytilayotgandi.

Shu orqali «Real» Vinisiusni jamoaning kelajakdagi muhim futbolchilaridan biri sifatida saqlab qolmoqchi.

Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Vinisius «qirollik» klubi safida barcha turnirlarda 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatma qayd etgan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 140 million yevrodan baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar