"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Maksans Lakrua faoliyatini "Chelsea"da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchining transfer qiymati taxminan 55 million yevroni tashkil etadi. Shartnoma jahon chempionatidan so'ng amalga oshirilishi kutilmoqda.
Avvalroq "Arsenal" ham Lakruaning atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgani xabar qilingandi.
Shuningdek, "Chelsea" Ramonni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotgani ham xabar qilingandi.