Bugun
28
O'zbek

Jamshid Boltaboyev va Milan Mitrovich "So'g'diyona"ga qaytdi

Futbol
27 iyun, 14:36
Jamoa Tojikistonda yig'in o'tkazmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Jamshid Boltaboyev va Milan Mitrovich "So'g'diyona"ga qaytdi
Фото: Сўғдиёна ПФК

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Tojikistonda yig'in o'tkazmoqda.

Ulug'bek Baqoyev jamoasi tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan. Klubning sobiq kiper Milan Mitrovich ortga qaytgan. U 7 yil davomida jizzaxliklar safida o'ynagan. Mavsumning birinchi qismini Serbiya quyi ligasida o'tkazgan.

Shuningdek, yarimhimoyachi Jamshid Boltaboyev ham mashg'ulotlarga qo'shilgan. U birinchi davrani "Andijon"da o'tkazgan edi. Vodiyliklar safida Superligada 7 ta o'yinda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
Bugungi yangiliklar