Misr milliy jamoasi bosh murabbiyi Husam Hasan JCH-2026 guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlaganimizdan faxrlanamiz. Bu juda qiyin yo‘l bo‘ldi va pley-offga chiqish biz uchun katta sharaf.
Futbolchilarimiz muxlislarga katta quvonch ulashdi va buning uchun ulardan minnatdorman. Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz va istalgan raqibga qarshi o‘ynashga tayyormiz», — dedi Hasan FIFA matbuot xizmatiga.
Eslatib o‘tamiz, Misr guruh bosqichida Belgiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, Yangi Zelandiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va Eron bilan ham 1:1 hisobida durang qayd etdi.
5 ochko jamg‘argan misrliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra Belgiyadan ortda qolib, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 1/16 finalda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.