Eron milliy jamoasi sardori Mehdi Torimiy FIFA va 2026 yilgi Jahon chempionati tashkilotchilariga tanqid yog‘dirdi. Sietlda Misr bilan 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan so‘ng, bu natija eronliklar uchun pley-offga chiqish imkonini saqlab qolgan bo‘lsa-da, hujumchi mundial jamoasi uchun logistika muammolari va hech qanday yordam yo‘qligi tufayli falokatga aylanganini ma’lum qildi.
«Biz bu haqda avval boshidanoq shikoyat qilyapmiz. Bu falokat, Jahon chempionati emas. Chinakam falokat. Biz professional musobaqadagi professional o‘yinchilarmiz, bu noto‘g‘ri, bu adolatsizlik. Agar FIFA buni adolatli deb hisoblasa — ularga yaxshi. Ammo bu adolatdan emas. Kim bizga yordam berishni istaydi? Hech kim yordam bermaydi. Hech kim. Bizning muammolarimiz uchun kim javobgar bo‘lishi kerak? FIFA? Bilmayman. AQSH? Bilmayman — menga biror bir ism ayting. Infantino birinchi o‘yindan keyin kiyinish xonamizga kelib, barcha muammolarni hal qilishini aytgandi, ammo FIFA amalda hech narsa qilgani yo‘q», — deya Torimiy so‘zlaridan iqtibos keltirdi Daily Mail nashri.
Ma’lumot uchun, Eron uch ochko bilan uchinchi o‘rinlarni egallagan eng yaxshi sakkiz jamoadan biri sifatida 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish umidida boshqa guruhlardagi vaziyatni kuzatmoqda.